Diqqat, diqqat!
“Gulxan”ga do‘st bo‘lganlar, ijod zavqin tuyganlar, eshitmadim, demanglar, bu yil “Gulxan” jurnali to‘qson yoshga to‘ladi!
Shu munosabat bilan maxsus son chiqarish harakatidamiz. “Gulxan” jurnali, tahririyat va xodimlari bilan hayotingizda yuz bergan qiziqarli voqealar, xotiralar, noyob suratlar bo‘lsa, biz bilan o‘rtoqlashing. Maxsus sonning qiziqarli, o‘qishli chiqishiga hissa qo‘shing.
Maktubni elektron pochtamizga yoki aloqa bo‘limlari orqali yuboring.