Diqqat, tanlov!
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi hamda respublika bolalar va o‘smirlar nashrlari (“Tong yulduzi”, “Klass”, “Bolalar sporti” gazetalari, “G‘uncha”, “Gulxan” jurnallari) hamkorligida mamlakatimiz umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida
“Yozgi ta’tilni “Milliy tiklanish” bilan!” loyihasi doirasida insholar tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovda mamlakatimizdagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin.
Insholarga qoʻyiladigan asosiy talablar:
Insholar joriy yilning 1-iyunidan 30-iyuligacha elektron shaklda, muallifning ism-sharifi, yashash manzili, maktabi, sinfi, telefon raqami, tahririyat nomi ko‘rsatilgan holda quyidagi (@mt_insholar_tanlovi_bot) bot orqali qabul qilinadi. Insholar hajmi uch betdan oshmasligi kerak.
Mavzular
1. “Korrupsiya, seni yomon ko‘raman!”
2. “Jadid bobolarimiz jasorati”
3. “O‘zbekistonga sayohat uchun 10 sabab”
4. “O‘zbek tilim – o‘zligim!”
5. “O‘zbekistonlikman!”
6.“Mening shajaram”
7. Ustoz otangdek ulug‘!”
8. “Internet: zararmi yo foyda?”
9. “Mening kutubxonam”
10. “Deputat bo‘lganimda...”
Ishtirokchilar faqat bir mavzu bo‘yicha qatnashadilar.
Baholash mezonlari:
– muallifning savodxonlik darajasi;
– inshoda foydalanilgan manbalar, ma’lumotlarning asosliligi;
– inshoning kreativligi va mantiqiy izchilligi;
– inshoning hayotiyligi va xalqchilligi;
– insho tilining soddaligi, tushunarliligi.
Tanlov gʻoliblarini aniqlash:
G‘oliblikka nomzodlar hamkor tashkilotlar vakillaridan iborat hay’at a’zolari tomonidan saralanib, har bir yo‘nalish bo‘yicha kamida uch nafar g‘oliblik uchun nomzodning ijodiy ishlari partiyaning rasmiy telegram kanali orqali e’lon qilinadi. G‘oliblar 10-avgustdan 31-avgustgacha ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha eng ko‘p ovoz olgan bir nafar ishtirokchi g‘olib deb topiladi, ularning ro‘yxati partiyaning rasmiy sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari hamda respublika bolalar va o‘smirlar nashrlarida e’lon qilinadi. Barcha g‘oliblar uchun bolalar nashrlari hamda “Milliy tiklanish” gazetasiga bepul obuna tashkil etiladi.
G‘oliblar aqlli soatlar (Smart Watch Samsung) bilan taqdirlanadi. Ular Mustaqillik bayrami kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida taqdirlanadi.