Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Doimiy hamkorlikda

Maktabimizda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbir va uchrashuvlar tez-tez o‘tkaziladi. Tayyorgarlik jarayonida “Gulxan” jurnalida berilgan she’rlardan foydalanamiz. Chunki bu nashrga o‘quvchilarim obuna bo‘lishgan. Yaqinda jurnal bosh muharriri Zahro Hasanovaning “Kitob – sen osmonimsan” kitobi taqdimotini maktabimiz ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi Mahmuda Valiyeva  hamda men ta’lim berayotgan 4-“E” sinf o‘quvchilari, ota-onalari bilan hamkorlikda tashkillashtirdik. O‘quvchilarim Zahro Hasanova aytib bergan  “Bosh qomusimiz”, “Davlatimiz ramzlari”, “Kitob bayramida” she’rlarini diqqat bilan tingladilar, ijodkorning davlatimiz ramzlari haqidagi savollariga javob berdilar.

Biz “Gulxan” jurnaliga 2022-yil uchun ham obuna bo‘ldik.

 

Aziza JAMOLOVA,

274-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.