Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Dunyo bolalar bilan goʻzal

Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi  “Barkamol avlod” bolalar maktabida 2021-2022 o‘quv yilining yakuniga bag‘ishlangan “Dunyo bolalar bilan go‘zal” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Maktabda o‘quv yili davomida 7 yo‘nalish bo‘yicha 42 ta to‘garak faoliyat olib bordi. Bu yo‘nalishlar:

– Madaniyat va san’at;

– Texnika, konstruktorlik va modellashtirish;

– Jismoniy tarbiya va sport;

– Hunarmandchilik va qo‘l mehnati;

– Turizm va ekologiya;

– Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov;

– Xorijiy tillar yo‘nalishlari.

12 ta to‘garak “Barkamol avlod” binosida, 27 tasi tumandagi umumta’lim maktablarida, 3 ta to‘garak shahardagi 15-Mehribonlik uyida o‘z ishini yo‘lga qo‘ydi. To‘garaklarda 1500 nafar o‘quvchi o‘zlari tanlagan fanlar va kasb-hunarmandchilik mashg‘ulotlarida malakali ustozlar  qo‘l ostida shug‘ullanishdi. 

Shu kuni  ta’tilda bolalarni  maktabga yanada ko‘proq jalb qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlari o‘tkazildi. Ota-onalar bilan suhbatlar, to‘garaklar yarmarkasi, mahorat mashg‘ulotlari va konsertlar tashkil qilindi.

 

Shahrizoda SANAQULOVA

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.