Ziyo bayrami
Poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi 34-“A” maktabda “Kitob bilan olam munavvar” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Dastlab maktab rahbari Gulnora Mahammedova badiiy adabiyotning, mutolaaning o‘quvchilar hayotida tutgan o‘rni, ahamiyati haqida gapirdi.
Shundan so‘ng iqtidorli o‘quvchilar she’r, qo‘shiqlar aytdilar, raqsga tushib, barchaga yaxshi kayfiyat ulashdilar. G‘afur G‘ulom, Xudoyberdi To‘xtaboyevning hayot va ijod yo‘li haqida so‘z yuritdilar. Adiblarning “Shum bola”, “Sariq devni minib” asarlaridan sahna ko‘rinishlari ijro etdilar. Har bir o‘quvchi ijro etgan roli orqali iqtidorini, ma’lum ma’noda aktyorlik qobiliyatini namoyish etdi. O‘ylaymizki, bu kabi tadbirlar o‘quvchilarda badiiy adabiyotga nisbatan qiziqishni yanada o‘stirishga, kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga, ma’naviy olamini boyitishga xizmat qiladi.
Fatxulla HIKMATOV,
ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi