Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Toʻqlikka shoʻxlik

Men darsdan keyin bo‘sh vaqtlarimda ota-onamga yordam berish uchun uyimiz yaqinida joylashgan “Rayhon” nomli milliy taomlar oshxonasida  ishlayman.

Ishlash mobaynida oshpazlik borasida ko‘p saboq chiqardim.  Oddiy masalliqlardan bir-biridan shirin salatlar qilishni, ko‘katlar bilan ularni bezatishni ham o‘rgandim. Lekin... Meni har kuni bir narsa hayron qoldiradi. Restoranga kelib-ketuvchilar, hatto menga tengdosh o‘quvchilar ham shu qadar ko‘p ovqat buyurtma berishadiki,  oqibatda taomlarning yarmini ham yeya olishmaydi. Ulardan ortgan taomlarni esa hech kim tanovul qilmaydi, ularni to‘kishga majbur bo‘lamiz. Shunday paytlarda xayolimdan: “Shu taomlarga zor bo‘lgan qanchadan-qancha yurtdoshlarimiz bor. Bu axir uvol-ku!” degan o‘y o‘tadi. Men ularning sarflayotgan puliga emas, uvol qilib to‘kilayotgan taomlarga achinaman. Axir, bu taomlar bir nechta kam ta’minlangan oilalarning qornini to‘ydirishi mumkin-ku! Ayrimlar o‘zidan ortgan taomlarni,  bo‘lak nonlarni olib ketadilar.  Bunday paytda  oshpazlar mehnatini, taomni, ishlab topgan pulini  qadrlayotgan mijozlardan mamnun bo‘lamiz.

Meni bir savol qiynaydi?! Nahotki odamlar  qorin to‘yg‘azish me’yorini bilishmasa?! Balki hamma joyda ham me’yorga amal qilinganida, isrofgarchilik kamaygan bo‘larmidi?! 

Siz nima deysiz, aziz tengdoshim?  Keling, uzoqdan bo‘lsa-da bir-birimiz bilan  fikr almashib, mulohazalarimiz bilan o‘rtoqlashaylik!

Munisa QOBILOVA, 

Toshkent shahar

Shayxontohur tumanidagi

34-maktabning 10-sinf o‘quvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.