Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Dunyo bo‘ylab mehr sochib

Biz beg‘ubor bolalarmiz,

Qalbimizda sayroqi soz.

Ochilgan gul lolalarmiz,

Cheksiz bizda orzu-havas.

 

Vaqt tizgini qo‘limizda,

Qaynab toshar dilda ilhom.

Quyosh porlar yo‘limizda,

G‘ayratlimiz ham peshqadam.

 

Gul hayotni tinim bilmay,

Kecha-kunduz kuzatamiz.

Xizmatlarga turibmiz shay,

Nosoz joyni tuzatamiz.

 

Ezgulik deb ko‘ngil ochib,

Birlashamiz omma bilan.

Dunyo bo‘ylab mehr sochib,

Do‘st bo‘lamiz hamma bilan.

 

Yaxshi tomon yuzni burib,

Otni sekin qamchilaymiz.

Ona yerga ko‘kdan turib,

Nayson bo‘lib tomchilaymiz.

 

Xurram RAIMOV

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.