Fazilat kutubxonasi ish boshladi
Xabaringiz bor, Boʻka tumanidagi 27-maktab oʻquvchisi Fazilat Yoqubovaning “Besh tashabbus” sheʼri Prezidentimizga manzur boʻlgan edi. Oʻshanda Davlatimiz rahbari kitobsevar bu qizchaga oʻz uyida kutubxona ochib berishni aytgandilar. Mustaqillik bayrami arafasida Xoʻjaqoʻrgʻon mahallasining “Shodlik” koʻchasi haqiqiy shodlikka toʻldi. Fazilat yashaydigan xonadonda barpo etilgan ikki qavatli kutubxona ish boshladi. Bu ziyo maskaniga Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Yoshlar Ittifoqi tomonidan 300 nomdagi 2000 dan ziyod kitob taqdim etildi. Viloyat hokimligi esa yangi kutubxonaga 4 ta kompyuter jamlanmasi sovgʻa qildi.