Xushxabar
Belarus poytaxti Minsk shahrida 8,10 va 12 yoshli bolalar oʻrtasida shaxmatning rapid va blits yoʻnalishlari boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtdi. Bellashuvda Samarqand shahridagi 42-maktabning 4-sinf oʻquvchisi Afruza Hamdamova blits yoʻnalishi boʻyicha jahon chempionligini qoʻlga kiritdi.
Afruzaning hamshahri 8 yoshli Ruqiya Olimova esa rapid yoʻnalishida kumush medal sohibasi boʻldi.