Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Sentabr quvonchlari

Samarqand davlat universiteti qoshida aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab ochildi.

2019–2020 oʻquv yilida maktabning 7-sinfiga fizika-matematika yoʻnalishi boʻyicha 60 nafar, kimyo-biologiya yoʻnalishi boʻyicha 60 nafar oʻquvchi tanlov asosida qabul qilindi.

 

* * *

Yangi oʻquv yilidan boshlab Toshkent shahrida Prezident maktabi ish boshladi. Nukus, Xiva, Namanganda Prezident maktablarini qurilish va jihozlash ishlari yakunlanmoqda. Mazkur maktablarda taʼlim “Cambridge” oʻquv dasturi asosida tashkil etiladi.

* * *

Mustaqilligimizning 28 yillik bayramiga surxondaryolik bolalar munosib sovgʻa olishdi. Termiz tumanida 35-umumtaʼlim maktabi qurib, foydalanishga topshirildi. Taʼlim maskanining tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi Toʻra Boboyev ishtirok etdi.

Yangi maktabda zamonaviy sport zali, oʻquv va labaratoriya xonalari, kompyuter sinfi davlat taʼlim standartlari asosida zarur jihozlar bilan taʼminlangan.

 

* * *

Buxoro viloyati Peshku tumanidagi 41-umumtaʼlim maktabi jamoasi “Bilimlar kuni”ni 315 oʻrinli, barcha qulayliklarga ega koʻrkam va zamonaviy yangi binoda kutib oldi.

 

* * *

Jizzax shahridagi 22-ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi jamoasi uchun ham yangi oʻquv yili quvonchli boshlandi. Taʼlim maskani investitsiya dasturi asosida qurilgan 320 oʻrinli, 14 ta sinf xonali qoʻshimcha binoga ega boʻldi.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.