Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Goʻzallik jarchisi

Bolalik inson umrining eng tiniq, begʻubor davri. Dunyoni, atrof-muhitni qabul qilishga eng tashna, hayratga boy, gʻoyat qiziquvchan, koʻrgan-eshitganlarini xotirada saqlab qolishda betakror fasldir. Bu faslda oʻrganish, bilim jamgʻarish, oʻqigan-uqqanlarini xotirada muhrlash tabiiy quvvati juda kuchli boʻladi. U goʻyo har kuni moʻjizaga duch keladi. Odam va olamning yangi-yangi qirralari uning koʻzi oʻngida birma-bir ochilib, murgʻak tasavvurning ufqi misqol-misqol kengaya boradi. Oʻzini oʻrab turgan tabiiy joʻgʻrofiy muhitni, yon-atrofdagi odamlarning oʻzaro munosabatini biladi, voqelikni oʻzicha mushohada etib, bilimiga bilim qoʻshilib, shaxs sifatida shakllana boradi. “Gulxan”ning mana shu jarayondagi oʻrni bebahodir, albatta.

Shu vazifaga hissa qoʻshishni koʻzlab, biz ham atoqli adiblarimiz Quddus Muhammadiy, Hakim Nazir, Oybek, Shuhrat, Rahmat Fayziy, Oʻlmas Umarbekov, Ilyos Muslim, Xudoyberdi Toʻxtaboyevlarning ayrim asarlarini doimiy ravishda eʼlon qildik. Sanʼat asarlarini targʻib etishga intildik. Fan-texnika moʻjizalariga ularni oshno qilishga intildik. Bolalarning sevimli yozuvchisi Xudoyberdi Toʻxtaboyevning mashhur “Sariq devni minib” romanining bosh qahramoni Hoshimjon Roʻziyev “Gulxan” jurnali sahifalaridan oʻquvchilar davrasiga kirib bordi.

Jumaniyoz JABBOROV,

Oʻzbekiston xalq shoiri, jurnalning

1962–1964-yillardagi

Bosh muharriri

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.