Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

G‘olib – Dilnuraxon

Aziz kitobxonlar! Biz shu kungacha “12 oy – 12 kitob” rukni savollari uchun yuborgan  javob­la­­ringizning hech birini e’tiborsiz qol­dirmadik. Jur­­nalning noyabr oyi sonida chop etilgan Rasul Hamzatovning “Me­ning Dog‘is­to­nim” asari asosida tuzilgan savollarga eng to‘g‘ri va to‘liq javob bergan ishtirokchi  Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi 61-mak­tab­ning 11-sinf o‘quv­chisi Haydarova Dil­nu­raxon bo‘ldi. G‘o­­lib ishtirokchini va’da ber­­ganimizdek sov­­g‘a­­lar bilan taq­dir­la­dik. Dilnuraxon tu­man­­dagi “Nadimiy” nom­li yosh ijodkorlar to‘garagi a’zosi bo‘lib,  nazm yo‘nalishida ijod qiladi.  She’rlari yurtimizdagi “Gulxan”, “Tong yulduzi”, “Quva hayoti” nashrlarida va Germaniyaning “Raven cage” jurnalida chop etilgan. U kelajakda 10 ta tilni o‘rganib, tarjimon bo‘lishni maqsad qilgan. Biz Dilnuraxonning kelgusidagi rejalarida omad tilaymiz, kitob doim uning umr yo‘lini yoritib borsin.

Siz ham ushbu loyihada ishtirok etib, bilimingizni oshirishingiz, ham kitoblar, jurnalimiz belgisi tushirilgan lavh va yana bir nechta esdalik sovg‘alarga ega bo‘lishingiz mumkin. Javoblarni qan­cha tez va to‘g‘ri yuborsangiz,  g‘olib bo‘lish imkoniyatingiz shunchalik yuqori bo‘ladi. Kitob bilan oshno bo‘ling. Zero, u barcha savollaringizga javob beruvchi va orzularingizga eltuvchi do‘stdir!

 

Gulxanjon

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.