“Gulxan” uchrashuvlari
Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 326-maktabda “9-may – Xotira va qadrlash kuni”ga bagʻishlab “Inson – aziz, xotira – muqaddas” shiori ostida oʻtkazilgan adabiy kechaga maktabning faxriy oʻqituvchilari, mahalla faollari taklif qilindi. Maktab asoschisi Tinchivoy Poʻlatov bu taʼlim muassasasining tarixi haqida qiziqarli voqealarni soʻzlab berdi. Marhum ustozlar xotirasi yod etildi. Kecha davomida maktab drama toʻgaragi aʼzolari Jaloliddin Manguberdi jasorati aks etgan sahna koʻrinishi namoyish qilishdi. “Gulxan” jurnali boʻlim boshligʻi, bolalar yozuvchisi Muhabbat Hamidova, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, shoir Nuriddin Aminjonovlar tinchlikning inson hayotidagi oʻrni, mamlakatimizda urush va mehnat faxriylariga koʻrsatilayotgan katta maʼnaviy va moddiy yordam hamda hurmat-ehtirom haqida soʻzlab berishdi.