“Gulxan” uchrashuvlari
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligi munosabati bilan yurtimizning deyarli barcha taʼlim dargohlarida shoh va shoir hayoti, ijodiga bagʻishlangan tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 235-maktabning maʼnaviyat ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Jamila Saydaliyeva tashkilotchiligida tayyorlangan bayram tadbiri ham oʻziga xos koʻtarinki kayfiyatda oʻtdi. Oʻquvchilar Bobur Mirzo hayoti va ijodidan hikoya qiluvchi asarlardan sahna koʻrinishlari ijro etishdi. Shoir gʻazallari va ruboiylaridan yod aytib berishdi. Ayniqsa, oʻquvchilarning egnidagi Bobur yashagan davr ruhini aks ettiruvchi liboslar zalda barchani bir muddat XV asr adib-u shoirlari davrasiga yetaklagandek boʻldi.
Tadbirga taklif etilgan Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyi ilmiy xodim filologiya fanlari nomzodi Maʼmura Rashidova hamda ilmiy xodim Gulchehra Abdullayevalar oʻquvchilarga Bobur hayoti haqida qiziqarli maʼlumotlarni soʻzlab berdilar.
Gulxanjon