Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

“Gulxan” uchrashuvlari

Joriy yilning 4-mart kuni Toshkent viloyati ko‘zi ojizlar kutubxonasi o‘quv zalida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagishlangan “Hayotimiz bog‘bonisiz, aziz ayollar” nomli musiqali kecha bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Shuhrat” medali sohibasi, “Gulxan” jurnali bosh muharrir o‘rinbosari, yozuvchi Muhabbat Hamidova va Toshkent shahar 77-sonli ko‘zi ojizlar maktab-internati o‘quvchilari mehmon bo‘lishdi. Tadbirda 2-sonli musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari ajoyib qo‘shiq va raqslari bilan kechaga bayramona ruh bag‘ishladilar. Tadbirda Muhabbat Hamidova o‘quvchilarga “Gulxan” jurnalining yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni haqida gapirdi. Jurnalning 2021-yil sonlarini kutubxonaga taqdim etdi. Ijodkor qizlarga mahorat darsi o‘tdi. Faol ishtirokchilarga tashakkurnoma va yozuvchi tomonidan kitoblar sovg‘a qilindi.

 

***

Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 244-maktabda  O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya  tavalludiga bag‘ishlangan “Bahor keldi seni so‘roqlab”  nomli adabiy-badiiy kecha o‘rkazildi. Tadbirni maktab direktori Mamlakat Abduvaliyeva ochib, shoira Zulfiyaning o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi  haqida gapirdi.

– Zulfiyaxonim haqiqiy  o‘zbek ayoli qanday ekanligini dunyolarga tanita olgan buyuk inson, biz u kishini vafo, sadoqat timsoli sifatida  ardoqlaymiz. Shubha yo‘qki, barcha o‘zbek xotin-qizlari  Zulfiyaxonimga qarab qomatini tiklaydi, – dedi direktor. Uchrashuv mehmoni O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoira bilan yonma-yon mehnat qilgan, uning suhbatlaridan, maslahatlaridan bahramand bo‘lgan “Gulxan” jurnali bosh muharrir o‘rinbosari M.Hamidova Zulfiya xonimning ijodkor qizlarga e'tibori, shogirdlari haqida gapirib berdi. Shoira o‘zbek adabiyoti namoyandasi sifatida chet ellarda bo‘lganida  Sharq tabiati, madaniyati, ma’naviyati bahri ummonlaridan bahramand inson sifatida  o‘sha yurtlarda O‘zbekistonga nisbatan mehr, o‘zbek ayoliga nisbatan hurmat uyg‘otgani haqida to‘lqinlanib so‘zladi. Uchrashuvda  adabiyot to‘garagi a’zolari  shoiraning bahor, vafo, vatan haqidagi she’rlaridan o‘qishdi. Tadbir so‘ngida  jamoatchi, a’lochi, iqtidorli qizlar maktab rahbariyatining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.