Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Yolgʻonning misi chiqdi

Mening ikkita ukam bor. Shermuhammad ikkinchi, Nurmuhammad beshinchi sinfda o‘qiydi. Shermuhammad chapaqay, lekin juda chiroyli yozadi. Nurmuhammad esa o‘ta qiziquvchan.  Har kuni bir talay savollar beradi, ba’zan ularga javob topa olmaymiz. Shermuhammad ko‘pincha matematikadan misol ishlashga va adabiyotdan she’r yodlashga qiziqadi. Hammamiz ertalabki smenada o‘qiymiz, tushdan so‘ng uyda birgalikda dars tayyorlaymiz. Dadam ishdan kelgach, darslarimizni tekshiradilar. Keyin rus­cha-inglizcha lug‘at bo‘yicha savol-javob qiladilar. Kunlarning birida men va Nurmuhammad barcha savollarga javob berdik. Shermuhammad negadir savollarga telefonga qarab, javob berdi. Dadam: “barakalla, o‘g‘lim!”, dedilar xursand bo‘lib va ukamning qo‘lidan telefonni oldilar. Bilsak, ukam  lug‘atni telefonga  rasmga olib, o‘shanga qarab javob berayotgan ekan.

– Yolg‘on gapirib foy­da ko‘rsang, oxiri zarar topasan, – dedilar dadam  ranjib. Keyin ukamga o‘z vaqtida olingan bilim vaqti kelib asqotishini, odamlarga, jamiyatga foydasi tegadigan inson bo‘lib yetishishida yordam berishini uqtirdilar.

Ukam bu voqeadan o‘ziga kerakli xulosa chiqardi va telefonni qo‘liga olmay qo‘ydi.

 

Sarvinoz ISMATOVA,

Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi

26-maktabning 6-sinf o‘quvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.