Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Samimiyat va mehr bayrami

Poytaxtning Yunusobod tumanidagi 272-maktabda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan “Ayol bilan olam munavvar” nomli bayram tadbiri har yilgidan ham ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Dastlab maktab rahbari Yorqinjon Sagdiyev barcha ustoz muallimalarni  go‘zallik va nafosat bayrami bilan qutladi. Iqtidorli o‘quvchilar ustozlariga bag‘ishlangan she’r,  qo‘shiqlar aytishdi. Eng muhimi, bu tadbirda san’atsevar ustozlar ham faol ishtirok etishdi. Ular Said Ahmadning “Kelinlar qo‘zg‘oloni” spektaklidan parcha ijro etishdi. Bu bilan har bir muallima aktyorlik qobiliyati, yangilik yaratishga mohir ijodkor ekanini namoyon qildi. Bu ajoyib tadbir maktab jamoasi hamda o‘quvchilar yodida o‘zaro samimiyatni, mehrni, ustoz-shogirdlik an’anasini mustahkamlagan ajoyib bayram sifatida saqlanib qoladi.

 

Rohila YUSUPOVA,

Ijodiy-ma’rifiy ishlar  bo‘yicha targ‘ibotchi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.