Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Oʻlkamda bahor

Bahor kelgach o‘lkamga, qochdi sovuq zirillab,

Endi iliq shamollar kezar yurtda gurillab.

 

Gullab yana butoqlar, shonà ochib boychechak,

O‘tloqlarda yayrashar chigirtkalar chirillab.

 

Olis-olis yurtlardan qaytar qushlar galasi,

Oldin keldi marraga qaldirg‘ochlar pirillab.

 

Kezib dala-qishloqni, kuylab yurar hakkalar,

Bo‘lar-bo‘lmas ovqat yeb, tomog‘i sal xirillab.

 

Bahor kelgach o‘lkamga, qochdi sovuq zirillab,

Endi iliq shamollar kezar yurtda gurillab.

 

Chaman bo‘lib tog‘larda ochilganmish lolalar,

Soz bo‘lardi hammamiz borib kelsak g‘irillab.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.