“Gulxan”da xanda
Firdavs buvisi olib kelgan sharni puflayotgan edi, Malika ogohlantirdi.
– Oyi, qarang! Akam shamollashini sharga yuqtiryapti, endi u ham yo‘taladi.
***
– Buvijon, oymomo bugun osmonga chiqmabdi, qayoqqa ketgan ekan-a? – samoga qarab hayron bo‘ldi Firdavs.
– Boshqa osmondagi o‘rtog‘inikiga ketgan bo‘lsa kerak, – bilag‘onlik qildi Malika.
***
– Malika ochko‘z, Malika baqaloq, – singlisining g‘ashiga tegdi Firdavs.
– Aka, axir, men singlingiz bo‘lsam, ochko‘zga aka bo‘lish yaxshimi? – dedi Malika kuyunib.
***
– Oyijon, filni suratga olib bering, – dedi Firdavs.
– Aka, oyimning telefoniga fil sig‘maydi-ku, – hayron bo‘ldi Malika.
***
– Dada, akam maymunga tilini chiqarib masxara qilgandi, maymun uyalganidan yuzini qo‘llari bilan to‘sib oldi, – dedi Malika hayajon bilan.
***
Ona:
– Qani o‘g‘lim, o‘tir. Menga maktabda nima ish qilganingni aytib berasan.
– Iloji yo‘q o‘tirolmayman.
– Nega?
– Hozirgina dadam bilan shu haqida gaplashgan edim.
M.HAMIDOVA