Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

“Gulxan”da xanda

***

Xonada o‘yinchoqlarini taqir-tuqur qilib o‘ynayotgan 5 yoshli E’zozaga oyisi:

–   O‘yinchoqlaringni taraqlatavermagin. Singling uxlayapti, – dedi.

–   Men qilmayapman, oyijon,  o‘yinchoqlarim o‘zi to‘polonchi, – dedi E’zoza.

***

–   Olmani tishlaganingda undan chiqib turgan qurtni ko‘rishdan ham yomon narsa bormi?

– Bor, olmani tishlaganingda yarimta qurtni ko‘rish.

***

Bolalar “Kim bo‘lsam ekan?” degan mavzuda insho yozishdi.

–   Behzod uchuvchi bo‘laman, deb yozibdi, – dedi o‘qituvchi xursand bo‘lib.

–   U qanday qilib uchuvchi bo‘ladi? Istirohat bog‘idagi oddiy “charxpalak”ka chiqishga qo‘rqadi-ku, – dedi o‘quvchilardan biri.

– Samolyotni kabinasi yopiq bo‘ladi, – javob qildi Behzod.

***

Uch yoshli ukam “R” harfini aytolmaydi. Men unga “ari” deb aytgin desam, u menga qarab “pashsha” deb javob beradi.

***

O‘qituvchi bolalardan so‘radi:

–   Qishda qurbaqalar nima qilishadi?

– O‘rdaklar bilan janubga uchib ketishadi.

***

– Men jirafa va to‘tiqush o‘rtasidagi katakda yashashni istamayman, – dedi maymun hayvonot bog‘i mudiriga.

–   Nega?

– Tunda uxlay olmayapman. To‘tiqush kuni bilan latifa aytsa, jirafa kechasi bilan kuladi.

 

To‘plovchi: Zahro HASANOVA

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.