Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Hamza Imonberdiyev

Hamza Imonberdiyev 1954-yil 21-dekabrda qo‘shni Qozog‘iston Respublikasining Chimkent vilo­ya­tiga qarashli Suzoq qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ildi. O‘rta maktabni a’lo baholar bilan ta­mom­lagach, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika insti­tutiga o‘qishga kirib, uni imtiyozli diplom bilan bitirdi.

Shoir uzoq yillar “Tong yul­duzi” gazetasining adabiyot bo‘­li­mini boshqardi, 1986-yilda “Cho‘l­­­pon” bolalar nashriyoti tash­kil topgach, Hamza Imonberdiyev shu nashriyotda umrining so‘nggi damlarigacha muharrir vazifasida xizmat qildi.

“Cho‘lpon”dagi faoliyati da­vo­mida u bolalar uchun chop etil­gan o‘nlab kitoblarning sifatli va mazmunli bo‘lib chiqishiga o‘z hissasini qo‘shdi.

Hamza Imonberdiyev hayot bo‘l­­ganida shu yil 70 yoshga to‘­lar edi. Uning qisqa umri mo­baynida “Quv­noqlar quvonchi”, “G‘aroyibkent han­gomalari”, “Sho­­­ko­­ladxo‘rlar”, “Lof­­chilar-al­doq­chilar”, “G‘aroyib pu­fak”, “Kul­gi shaharchasi”, “Bir kunlik mo‘­jiza” singari o‘ndan ortiq she’riy to‘plamlari chop etilgan.

 

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.