Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Jazirama kunlarda

Yoz fasli kirib kelishi bilan suyuqliklarga bo‘lgan ehtiyojimiz oshib boradi. Oddiygina suvdan ko‘ra, albatta, tabiiy va  mevali sharbatlar,  ayron,  kokteyllar, smuzi, yaxna choy, moxito kabi ichimliklar ham sog‘lig‘imiz uchun foydali va mazalidir. Ushbu sonda sizlarga  salqin ichimliklar retseptini tuhfa etamiz!

 

YAXNA CHOY

2 dona olma;

1 stakan olcha yoki gilos;

1 ta limon;

0,5 bog‘ yalpiz;

1 ta apelsin;

2 osh qoshiq karkade choy;

200 gr shakar;

2 litr suv.

Dastlab yarimta limon,  apelsin, 1 ta olma va yarim bog‘ yalpizni alohida olib qo‘yamiz. Qolgan barcha masalliqlarni idishga solib, ustidan suv quyib, 30 daqiqa qaynatamiz. Sovigach olib qo‘yilgan mevalarni parrak qilib to‘g‘rab, idishlarga solamiz va ustidan muzdek yaxna choyni quyib, mazza qilib ichamiz. Yoqimli ishtaha!

MOXITO

1 ta limon;

1 ta laym;

0,5 bog‘ yalpiz;

200 gr suv;

100 gr shakar (istaganlar uchun 100 gr asal);

1 litr sprayt yoki gazli suv.

Yarimta limon va laymni po‘stidan ajratamiz va unga yalpizni ham solib, maydalagich yoki blendrda maydalab olamiz. Ustidan suv solib, dokadan o‘tkazamiz. Ajratib olgan massamizga shakar, sprayt qo‘shamiz.  Tayyor bo‘lgan ichimligimizni idish­larga solib, ustidan qolgan yarimta limon va laymni ham qo‘shib, salqin holda ichamiz.

BANANLI KOKTEYL

1 ta banan (xohishga ko‘ra malina, qulupnay);

200 gr muzqaymoq;

200 gr sut.

Barcha masalliqlarni blendrga solib, bir xil massa bo‘lguncha aralashtiramiz.

SUTLI KOKTEYL

2 choy qoshiq qahva;

100 gr shokolad (istalgan);

50 gr pechenye;

250 gr sut;

100 gr muzqaymoq.

Barcha masalliqlarni blendrga solib, bir xil massa bo‘lguncha aralashtiramiz. Idishlarga solib, salqin holda ichamiz.

QURTOBA

1 litr suv;

200 gr suzma;

200 gr qurt;

3-4 dona yalpiz bargi;

3-4 dona rayhon bargi.

Iliq suvga qurtlarni solib, ivitib qo‘yamiz. Yumshagach ustidan suzma, yalpiz, rayhon solib, bir xil massa bo‘lguncha blendr qilib olamiz. Iliq yoki yaxna holida tomog‘imizni ehtiyot qilib, simirib-simirib ichamiz.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.