Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Har neda meʼyor yaxshi

Selfi – oʻzini oʻzi suratga olish. Bu gʻalati mashgʻulot koʻpchilikning sevimli odatiga aylanib ulgurdi. Oʻzini har koʻyga solib, turli koʻrinishda fotokollajlar yasayotgan sinfdoshlarimga gohida juda hayron qolaman. Dars tugashi bilanoq “selfiboz”likni boshlab yuborishadi. Biron yaxshiroq kiyim kiyib borsang tamom, “rasmga tushvolay, berib tur”lar koʻpayib ketadi. Bu kabi telefonga mukkasidan ketgan tengdoshlarimni kuzatib, beixtiyor bir fikr xayolimda charx uradi. Bemor dorisini ichmagunicha tuzalmaganidek, telefon ham ayni kunda xumorbosdi “dori”dek boʻlib qoldi. Aziz tengdoshim, muammoning asl ildizi qayerga borib taqaladi, deb oʻylaysiz?! Menimcha, maqsad va vazifalarimizni unutib qoʻyganimizdagina, vaqtimizni havoga sovuramiz. Maʼnaviy immunitetimiz boʻsh boʻlgandagina, bizni behuda fikrlar oʻz qobigʻiga oʻray boshlaydi. Aql bilan fikr yuritishimizda esa, kitob mutolaasining ahamiyati beqiyos. Boʻsh vaqtim unchalik koʻp boʻlmaydi. Baholarim ham joyida. Rasmga tushish, albatta, menga ham yoqadi. Biroq har nening meʼyori boʻlgani yaxshi. Zero, u koʻpayib ketsa, zararli odat sanaladi!

Shunday ekan, siz selfini tanlaysizmi? Yoki vaqtingizni unumli sarflab, hayotda oʻz oʻrningizni topishnimi?

 

Robiya ORTIQBOYEVA,

Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanidagi 16-maktabning 6-sinf oʻquvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.