Ijodiy faoliyatimning eng goʻzal va unutilmas davri
Men hamisha shu yuksak fikrni takror-takror aytamanki: Vatanim sharafi uchun xalqimning xizmatini qilganlardan biriman. Juda yuksak darajadagi vazifa va mansablarga sazovor boʻlganman. Bularning barchasini sanasam, bir necha varaqdan oshar. Biroq hayotimning va ijodiy faoliyatimning eng goʻzal va unutilmas davri bolalarimizning sevimli nashri – “Gulxan” jurnalida ishlaganim, desam toʻgʻri boʻladi. Chunki bu oʻspirinlik hokimiyati hali yaxshiga ham, yomonga ham aylanib ulgurmagan begʻubor olamdan iborat boʻladi. U misoli plastilin-mumki, undan arslon ham, sichqon ham yasash mumkin.
Umr oʻtadi, biroq orzu qilardim-ki, kelajakda kimdir meni ham “Gulxan” jurnalida ishlagan, deb eslasa...
2009-yil 10-son