Oilaviy hamroh
“Gulxan” jurnali bolaligimdan eng yaqin hamnafas nashrim boʻlgan. U bizning oilaviy doʻstimiz. Dunyoqarash, hayotni anglashda menga koʻmakchi boʻlgan jurnal ayni vaqtda farzandlarimga ham tom maʼnoda ustozlik qilmoqda.
Oʻsmirlik davrimdagi ilk hikoyalarim ham aynan “Gulxan”da bosilgan. “Gulxan” meni jamoatchilikka tanitish, soʻzimni aytishda minbar, hayot yoʻlimni topishda koʻmakchi boʻlgan. Shuning uchun ham ushbu nashr doim men va oilam uchun sulolaviy qadrdon jurnal boʻlib qoladi.
Fursatdan foydalanib, oʻzida ezgulikni mujassam etgan va faqat yaxshilik sari yetaklovchi jurnalimni, uning fidoyi ustoz mehnat jamoasini, minglab oʻquvchilarini qutlugʻ toʻqson yoshi bilan muborakbod etaman. Qayerda, qaysi vazifada mehnat qilmaylik samimiyat va yaxshilik elchisi boʻlgan nashrimiz uzoq yillar barchamizning oilaviy hamrohimiz boʻlsin!
Rasul Kusherbayev