Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Iqtidorlar maktabi

Mamlakatimizda kamol topayotgan bolalarni bilimdon, an’analarga sadoqatli, vatanparvar bo‘lib ulg‘ayishida Respublika bolalar jurnali “Gulxan”ning alohida o‘rni bor. O‘quvchilarning milliy qadriyatlarimizni qadrlovchi,  alloma bobolarga munosib barkamol avlod bo‘lib  voyaga yetishida ham jurnalning hissasi katta.

Toʻqson yillik faoliyati davomida jurnalda Gʻani Jahongirov, Jumaniyoz Jabborov, Saida Zunnunova, Nosir Fozilov, Hayriddin Saloh, Yayra Saʼdullayeva, Toʻlqin Qozoqboyev, Xudoyberdi Toʻxtaboyev, Abdulla Oripov, Oydin Hojiyeva, Safar Barnoyev, Omon Matjon kabi adabiyot va jurnalistikamizning koʻzga koʻringan, taniqli ijodkorlarning xizmat qilgani jurnalning katta-yu kichikning mehrini birdek qozonishiga sabab boʻldi.

Ushbu jurnal Oʻzbekiston sanʼat arbobi, rassom Ortiqali Qozoqov, Oʻzbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti laureatlari Mehrinoz Abbosova, Yulduz Fayz, Yulduz Zoirova, Yulduz Oʻrmonova, Nozima Sherbekova, Muxtasar Karimova singari bir qancha isteʼdodlarni kashf qildi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Ayni paytda, jurnalning “Isteʼdod – millat mulki”, “Vatan nomi bilan”, “Nishona”, “Ilk qadam”, “Ertamiz egalari”, “Mashhurlar bolaligi” singari ruknlar ostidagi sahifalari respublika miqyosidagi iqtidorli bolalarni yurtimiz boʻylab tanitmoqda.

Ayniqsa, ijod maktabi oʻqivchilari yozgan sheʼr va hikoyalarning yoritilishi adabiyotda yangi jilgʻalarni kashf etmoqda.

Biz kelgusida ham “Gulxan” oʻquvchi yoshlarning sevimli jurnali boʻlib qolishiga ishonamiz! Faoliyatiga muvaffaqiyat tilaymiz.

Qahramon QURONBOYEV,

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Davlat maslahatchisining

birinchi oʻrinbosari

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.