Ijodkor tuhfasi
Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida yashovchi oliy toifali matematika fani muallimi, “Shuhrat” medali sohibi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Negmurod Guliyev “Bir qadam”, “Senimi, shoshmay tur!” “Qiziqarli matematika”, “Matematikadan 90 jumboq” kitoblari orqali o‘quvchilarga yaxshi tanish. Uning matematik jumboqlardan iborat qiziqarli topshiriqlari, bolalarga atalgan beg‘ubor she’rlari “Gulxan”, “G‘uncha” jurnallari, “Tong yulduzi” gazetasida tez-tez chop etiladi.Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida yashovchi oliy toifali matematika fani muallimi, “Shuhrat” medali sohibi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Negmurod Guliyev “Bir qadam”, “Senimi, shoshmay tur!” “Qiziqarli matematika”, “Matematikadan 90 jumboq” kitoblari orqali o‘quvchilarga yaxshi tanish. Uning matematik jumboqlardan iborat qiziqarli topshiriqlari, bolalarga atalgan beg‘ubor she’rlari “Gulxan”, “G‘uncha” jurnallari, “Tong yulduzi” gazetasida tez-tez chop etiladi.Yaqinda domla tahririyatga ajoyib xushxabar bilan keldilar: “Men 2023-yil uchun “Gulxan”ga 10 dona obuna bo‘ldim”, dedilar. Shuncha jurnalni nima qilasiz? degan savolimizga: “Nevaralarim, jiyanlarimning farzandlariga tarqataman. Bu bolalarning ham bilimi, dunyoqarashi biznikidan kam bo‘lmasin”, dedi u kishi.Bu javobni eshitib jamoamiz bilan juda quvondik. Yurtimizda Negmurod Guliyevga o‘xshagan ziyoli, bola qalbini tushunadigan chin ma’rifat sohiblari ko‘payishini tilab, domlaga minnatdorchilik bildirdik.