Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Kitobxonlar saralandi

O‘quvchilarning kuzgi ta’tili arafasida  Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 152-maktabda O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni  munosabati bilan  “Besh tashabbus” doirasida tashkil etilgan “Yosh kitobxon” tanlovining birinchi  bosqichi ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Tanlovda 9-11-sinflarning adabiyotsevar o‘quvchilari ishtirok etdi.

 Mazkur tanlov o‘quvchilar o‘rtasida kitob mutolaasi  va kitobxonlikni  targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtlarini  mazmunli tashkil etish, yoshlarimizni Vatanga sadoqat, milliy  va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. “Yosh kitobxon” tanlovi o‘quvchilarning Yangi O‘zbekistondagi ijod ahliga, adabiyot sohasiga qaratilayotgan e’tiborni anglashiga, yozuvchi va adiblarning adabiy merosini, ibratli hayoti va faoliyatini har tomonlama chuqur o‘rganish va targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tanlovda  11-sinf o‘quvchisi Ruxshona Orifjonova chinakam badiiy adabiyot muxlisi, zukko kitobxon ekanligini namoyish qilib 1-o‘rinni egalladi. Ruxshona tanlovning tuman bosqichida ham   muvaffaqiyatli ishtirok  etib, ustozlar ishonchini oqlashiga  ishonamiz. 

                                           

Shoira  ERGASHEVA,

ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.