Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Ikki yo‘l

“Hayot” deb atalmish so‘qmoqda ikki yo‘l bor. Birinchisi – mashaqqatlar, kurashlar bilan to‘la yo‘l. Ikkinchisi esa – “osoyishta ko‘lmak”.

“Siz qaysi biridan yurgan bo‘lardingiz?” – deb so‘rashsa, hech ikkilanmay “Birinchi yo‘ldan”, – deb javob bergan bo‘lardim. Negaki, osonlikcha baxtga erishib bo‘lmaydi. “Tekin pishloq faqat qopqonda bor”, – degan hikmatli iborani eshitganman. Men bu “ikki yo‘l” haqida o‘ylaganimda quyidagi ikki voqea ko‘z oldimda gavdalanadi.

Bahor kunlari edi. Bizni, ya’ni maktab qizlaridan 25 tasini Go‘zalkentdagi “Amfiteatr”ga olib borishdi. U yerda ikki chempion – Diyora va Jahona bilan uchrashuv o‘tkazilayotgandi. Ular bu natijalarni osonlikcha qo‘lga kiritishmagan, albatta. Mehnat va mashaqqatlarga bardosh berish tufayli, yuksak marralarga erishdilar. Diyora Keldiyorova va Jahona Turkmanovalar yoshlikdan turli xil olimpiadalarda qatnashib, sovrinli o‘rinlarni zabt etganlar.

Endi esa ikkinchi yo‘l:

Bizga parallel bo‘lgan sinfda bir bola o‘qiydi. Uning ismini aytmayman. U hali yosh bo‘lishiga qaramay, ko‘cha boshidagi do‘kondan sigaret olib chekarkan. Sinfdoshlarining aytishicha, to‘y-bazmlarda ota-onasidan bekitib, aroq, vino ichishni ham “mashq” qilayotganmish. Zararli illat yuqumli bo‘ladi, deyishadi. Kim biladi, u balki yaqin do‘stlariga ham “o‘rnak” bo‘layotgandir?!

Sog‘lom turmush tarzini tanlab, har tomonlama yetuk bo‘lib voyaga yetish ham yoki aksincha, kelajagi yo‘q, boshi berk ko‘chada adashib yurish ham – o‘z qo‘limizda.

 

Sevinch BOLIYEVA,

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani 72-maktab 9-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.