Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Uyg‘unlik

Ona-bolaning salomatligi bu nafaqat jismoniy, balki ma’naviy, ichki olamning ham tetikligi demakdir. Sog‘lom turmush tarzini tanlagan oila farzandlari bilimli, salohiyatli bo‘lib ulg‘ayadilar. Ruhiyati musaffo, tani sog‘, odob-axloqi barchaga ibrat bo‘lib kamolga yetayotgan bolani – sog‘lom bola deyishimiz mumkin.

Bu masalaga davlat siyosati darajasida qaralayotganining o‘zi ham Yurtboshimizning biz bolalarga ko‘rsatayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklaridan dalolatdir. Maktablarimizning rekonstruksiyasi, joriy ta’mirdan chiqarilayotgani, shifoxona va tibbiyot bo‘limlarimizning yangi zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlanishi, axborot-resurs markazlarimizning ommalashishi, mahallalar faoliyatining takomillashishi – bularning hammasi bizning kamolotimiz uchun qilinayotgan harakatlardir.

Bu bir tomonlama urinish bo‘lsa, biz ikkinchi tomondan ana shu g‘amxo‘rliklarga javoban bilimimizni oshirishimiz, yot g‘oyalar va yomon illatlardan uzoq yurishimiz lozim. Ana shundagina haqiqiy sog‘lom bola bo‘lib voyaga yetamiz.

 

Mohlaroyim BOQIJONOVA,

Namangan viloyati Mingbuloq tumani 13-DIMI 6-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.