Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Imkoniyat eshigi

Keyingi yillarda turli yo‘nalishlarda natijalarga erishgan o‘quvchilar uchun  imkoniyat eshiklari ochilmoqda.  Bunga misol qilib Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi 73-maktabning 4-sinf o‘quvchisi Muzaffarov Ulug‘bekning qo‘lga kiritgan yutug‘ini aytishimiz mumkin. Ulug‘bek xalqaro hamkorlik doirasida Malayziya davlatidagi Sultan Idris ta’lim universiteti qoshida tashkil etilgan “Til kursi”da o‘z bilimini yanada mustahkamlab kelishga yuborildi. O‘n kun davom etgan bu treningda Xitoy, Hindiston, Qirg‘iziston va yana bir qancha davlatlarning ingliz tiliga qiziqqan bolalari qatnashdi. Onasi Elvira Tursunnazarovaning aytishicha, Ulug‘bek bir nechta  xorijiy tillarni yaxshi biladi. Malayziya safaridan keyin farzandining o‘ziga bo‘lgan ishonchi yanada ortgan, dunyoqarashi kengaygan hamda shu universitet sertifikatiga ega bo‘lib qaytgan.

 

Gulxanjon

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.