Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Iqdidorli o‘quvchilar – faxrimiz

Maktabimizda iste’dodli yoshlar uchun qulay imkoniyatlar yaratilgan. Rahbarimiz Mavjuda Ergasheva boshchiligidagi ahamjihat va fidoiy ustozlar jamoasining betinim izlanishlari, intilishlari, samarali mehnatlari bois, bilim maskanimizda o‘quv-tarbiya ishlari izchil yo‘lga qo‘yilgan. O‘quvchilar  fan va  sport to‘garaklaridan tashqari o‘z salohiyatlariga qarab “Yosh rassom”, “Mohir qo‘llar”, “Davra”, “Parvoz”kabi to‘garaklariga qatnab ustozlardan milliy  hunarmandchiligimizni  o‘rganishmoqda Yosh mo‘yqalam sohiblari rasmlar chizish  mahoratini namoyish qilayotgan bo‘lsa, havaskor  qalamkashlar ijod  sirlarini o‘zlashtirib  adabiyot  olamiga  dadil kirib kelmoqda.

Ayniqsa, havaskor  musavvir, 5-sinf o‘quvchisi Rayhona Sherzod qizi chizgan  tabiat manzaralari, Behruz Hayrullayevning she’riy mashqlari ko‘pchilikka manzur bo‘lmoqda. Mahmudjon Anvar o‘g‘li shu kunlarda dzyudo sport turi bo‘yicha o‘tkaziladigan shahar musobaqasiga tayyorlanmoqda.

– Maqsadimiz, ustozlar ishonchini oqlash, – deydi  to‘garak  a’zolari.

 

Muxlisa ALISHER qizi,

Yashnobod tumanidagi 170-maktabning ijodiy-madaniy

masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.