Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Isteʼdod nurlari

Xizmatlaringni, dil-u joningni aziz bolajonlarga baxsh etishdan ortiq ne mukofot bor?!

“Gulxan” jurnalxonlarni oʻzlikni anglash, milliy qadriyatlarga muhabbat ruhida tarbiyalashni oʻzining muqaddas burchi deb bildi. Shu maqsadda tashkil etilgan “Buyuk bobolarimiz” ruknida Shayx Najmiddin Kubro, Bahovuddin Naqshband, Hoji Ahrori Valiy, Pahlavon Mahmud kabi hali oʻquvchiga uncha yaxshi tanish boʻlmagan zakiy ustozlar hayotidan qiziqarli hikoyalar berib bordik. Jurnal ichida chop etiladigan, oʻquvchini oʻylashga, izlanishga undaydigan “Intellekt” gazetamiz bolalarga juda manzur boʻldi. Jurnalxonni mamnun boʻlishidan maroqliroq quvonch yoʻq edi men uchun.

Bolaligimga qaytargan, bolalikning begʻubor olamiga takror-takror sayr qildirgan, eng muhimi, qalbimda ijodga muhabbatni gurillatgan “Gulxan”ni men bir umrga sevib qoldim. Hozir ham nabiralarim davrasida oʻtirib, “Gulxan” oʻqish men uchun juda maroqli.

Omon MATJON,

Oʻzbekiston xalq shoiri,

jurnalning 2002–2006-yillardagi

Bosh muharriri

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.