Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Istiqbol hujjati

Dekabr oyida xalqimiz va Vatanimiz uchun ahamiyatli boʻlgan bir necha muhim sanalar nishonlanadi. 8-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 28 yilligini bayram qildik. Konstitutsiya – nafaqat bugungi kunning qomusi, balki u ertangi kunimiz, qurayotgan jamiyatimiz istiqbolini aniqlab beruvchi hujjat, siz – bolalar va oʻsmirlarning, yoshlarning yoʻlini yoritib turuvchi mayoqdir. Qolaversa, ezgu amallarimiz, yurtimiz qoʻlga kiritayotgan yutuqlarning asosiy manbai ham – Bosh Qomusimizdir. Darhaqiqat, Konstitutsiya davlatimiz mustaqilligining ulkan ramzi boʻlib, unda oʻz istiqbol va taraqqiyot yoʻlimiz aks etadi. Shu bois ham mamlakatimizning yosh avlodi uni erkinlik, mustaqillik, ozodlik va hurlik tantanasi sifatida eʼzozlab oʻrganadi. Mana, 28 yildirki, bu kunni katta bayram sifatida nishonlab kelyapmiz. Ayniqsa, keyingi yillarda jahon hamjamiyatida munosib oʻrin egallayotgan yangi Oʻzbekiston bugungi kunda tenglar ichra teng boʻlib, oʻz kelajagini barpo etayotgan qudratli mamlakatga aylanib bormoqda.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.