Istiqlol mashʼali
1992-yil 10-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun.
Qonunda ham madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir, deb belgilab qoʻyilgan. Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov Oʻzbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burxonov bilan ijodiy hamkorlikda shunday tarixiy ishni amalga oshirdilarki, oʻtgan yillar mobaynida bu madhiya xalqimizning butun vujudiga singib ketdi.