Yangi yil ostonasida
Qadrli muxlislar, siz bilan jurnalimizning 2020-yilning soʻnggi – 12-sonida uchrashib turibmiz.
Garchi karantin kunlarini oʻtkazgan boʻlsak-da, tahririyatimiz jamoasi siz oʻquvchilar oldidagi burch va masʼuliyatini unutgani yoʻq. “Gulxan”ning barcha sonlarini rang-barang, qiziqarli va mazmunli qilib sizlarga yetkazdik. Fursatdan foydalanib, yil davomida biz bilan hamkorlik qilgan barcha yozuvchi va shoirlarga, rassomlarga, ustoz va murabbiylarga hamda ijodkor oʻquvchilarga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz. Ularni kirib kelayotgan yangi – 2021-yil bilan chin dildan tabriklaymiz. Oʻqish va ishlarida ulkan zafarlar tilaymiz. Yaratgandan hech kim kasal boʻlmasligini, karantin, virus, kovid, tibbiy niqob degan soʻzlar tilimizdan umuman chiqib ketishini soʻraymiz. Yangi yil yurtimizga tinchlik, xotirjamlik, yuksalish va yangilanish, baraka yili boʻlib kirib kelsin. U har bir oilaga baxt va quvonch ulashsin. Jurnalxonlarimiz soni koʻpayib, davramiz kengayib boraversin.