Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Jadid bobolar

Til o‘rganing, dil bog‘lang, 

Bir-biringiz ardoqlang! 

Marralar sari chog‘lang, 

Degan jadid bobolar. 

 

Fikrda, ishda birlik, 

Nur kerak, emas kirlik. 

Xalqlar aro totuvlik, 

Degan jadid bobolar. 

 

El-yurt baxti, rivoji, 

Bilim – ma’rifat toji. 

Yoshlik yuksalish avji, 

Degan jadid bobolar. 

 

Jismimiz tuproq, loydan, 

Yerdan, dengizdan, oydan. 

Ilm izlang Xitoydan, 

Degan jadid bobolar. 

 

Cho‘lpon, Behbudiy, Ibrat, 

Fitratlar bizga ibrat. 

Bosmasin qalbni g‘aflat, 

Degan jadid bobolar. 

 

Palagi toza elmiz, 

Birlashsak kuchmiz, selmiz. 

Xalq to‘lqin, jo‘shqin dengiz, 

Degan jadid bobolar. 

 

O‘rganishlardan qaytmang, 

Chopag‘on bo‘lsin yo‘rg‘ang. 

Luqmani halollab yeng, 

Degan jadid bobolar. 

 

Yangilik, taraqqiyot, 

Ilm-fan, adabiyot. 

Gullasin turmush, hayot, 

Degan jadid bobolar.

 

Ravshan ISOQOV

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.