Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2024-yil 5-son

  • Favvoralar

    Tandagi qon kabi jo‘shib,

    Suv purkaydi favvoralar.

    Dilga shodlik va zavq qo‘shib,

    Shoshib oqar favvoralar.

     

    Parvoz uchun zo‘r shaylangan,

    Jilvalanib, xo‘p aylangan.

    Bir tup oqqush galasiday

    Qanot qoqar favvoralar.

     

    Dil sevinchga liq-liq to‘lib,

    Qalb junbushga rosa kelib,

    Dilga 

    ...
  • Yopiq eshiklar kaliti

    Yozgi ta’til arafasida turgan do‘stlarim! Albatta, to‘qqiz oy davomida maktabga qat­nab, turli fanlardan bilim olib, uyga be­rilgan vazifalarni tayyorlab, darslarda faol ishtirok etib, biroz toliqqansiz.  Bular o‘quv­chidan katta mehnat talab qiladi. Qo‘shimcha repetitorga  yoki “Barkamol avlod markazi”dagi  to‘ga­raklarga qatnagan bo‘lsangiz, “Endi yozda ozgina

    ...
  • Baxo qo‘yilmaydigan maktab

    Salom, aziz do‘stlarim! Mana, maktab yakunlanib, yozgi ta’til boshlanishiga ham atigi bir oy qolibdi. Maktabdan zerikib, ta’til kunlarini sog‘inib qolmadingizmi? Menimcha, “Gulxan” o‘qiydigan bolalar maktabni juda ham yaxshi ko‘rishadi, shundaymi? Lekin nima deb o‘ylaysiz, sizningcha, eng yaxshi maktab qanday bo‘lishi kerak?! Biz ham o‘zimizning maktabimizni eng yaxshi maktabga aylantira

    ...
  • Hammasi bolalarga

    Matbuot aholiga axborot tarqatishning ta’sirchan vositasi bo‘lib, u jamoatchilik fikrini shakllantirish,omma ongiga muayyan qarashlarni singdirishga xizmat qiladi. Matbuot jamiyat hayotining qanday yo‘nalishini yoritishiga qarab turlarga bo‘linadi (masalan, ijtimoiy-siyosiy, tanqidiy-tahliliy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ko‘ngilochar).

    Matbuot XV asrning

    ...
  • Kitob bilan yuksalamiz

    Poytaxtning Uchtepa tu­ma­nidagi “Seul Eko” bog‘ida hududdagi hokimlik, Respublika Ma’naviyat va ma’­rifat markazi Uchtepa tu­man bo‘limi, tuman Ma­da­niyat bo‘limi hamda Mak­tabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda “Kitob bilan yuksa­lamiz” lo­yihasi asosida tanta­navor “Book FEST” festivali bo‘­lib o‘tdi. Yoshlar o‘r­tasida

    ...
  • O‘yinchog‘imiz kam, kitobimiz ko‘p edi

    Muhammadali Eshonqulov — tadbirkor, biznes-murabbiy, “Yuksa­­lish” liderlar akademiyasi, “Biznes Kvadrat”, “Partonlar ligasi”  loyihalari asoschisi. Shu­ningdek, “Tahsin – 2021” milliy mukofoti sovrindori.

    Muhammadali Eshonqulov Olimjon o‘g‘li – 1994-yil 6-noyabrda Jizzax viloyati Baxmal tumanida tu­g‘ilgan. O‘rta maktabni

    ...
  • Kapalak

    Kapalak, ho, kapalak,

    Tong yoydi oq surp – palak.

    Yotog‘ingdan chiqib kel,

    Yuz ochar tonggi tilak.

     

    Kapalak, ho, kapalak,

    Bo‘laqol, shoshil andak.

    Bahor ko‘ylagin kiyib,

    O‘tloqda kutar chechak.

     

    Kapalak, ho, kapalak,

    Ko‘klam to‘shadi to‘shak.

    Gulzor kutar bir yonda,

    Bir yonda

    ...
  • Bozorko‘ylak

    Buvim tandir yopdilar,

    So‘ng bozorga chopdilar.

    Meva olib qaytdilar,

    Qaytib shuni aytdilar:

    “Yosh qizlarda ilgari,

    Yarim asrdan nari,

    Bozorko‘ylak bo‘lardi,

    Kiygan zavqqa to‘lardi.

    Ko‘ylak yoqasi burma,

    Xina o‘sma va surma

    O‘z o‘rnini topardi...

    So‘ng bozorga chopardik.

    Azon aytardi

    ...
  • Vatan

    Ona Vatan baxti deb

    Urar jajji yuragim.

    Yashnayotgan bog‘larni

    Asrash mening tilagim.

     

    Mustaqil yurt meniki

    Borliq olami bilan.

    Xizmatiga yarayin

    Qo‘lda qalamim bilan.

     

    Buloqlar suvlaridan

    Yashnaganday qir-adir.

    Ekinzor dalalarni

    Yashnatuvchi biz,

    ...
  • Tog‘da yashaydi bahor!

    Uzoqlarga borma, qo‘y,

    Kezaverma ko‘p shahar.

    Atrofingga bir qara,

    Tog‘da yashaydi bahor!

     

    Qishin-yozin yashil to‘n

    Archalarda yashar u.

    Bunda chaman bog‘larning

    Gullarida yashnar u.

     

    Bu – na’matak, tanib qo‘y,

    She’r bo‘lar gullagani.

    Borliq kuylar, tabiat

    Jim bo‘lar

    ...
  • Bobo xotirasi

    Yozning jazirama kun­la­ridan  biri edi. Shohruh uy­da yolg‘iz o‘zi qolib, hovli sahnidagi so‘rida rasm chi­zish bilan band. U so‘ridagi xontaxtaga bag‘rini berib, rangli qalamlar bilan tabiat qo‘ynidagi otning ras­mi­ni chizardi. Atrofda don-dunlab yurgan musichalarning “ku-ku”lashi-yu, qushlarning chug‘ur-chug‘uriga beparvo edi.

    Shu tob ko‘cha

    ...
  • Hikmatli so‘zlar

    Ilm – bilmagan narsalarni bilganlardan o‘rganmoqdir. Ilm – odamning zehnini ochar, aqlini orttirar, bilmagan narsalarini bildirur, dunyoda baxtli va izzatli qilur. Oxiratni saodatli va sharofatli qilur.

    ***

    Ilmdur dunyoda eng yaxshi hunar,

    Ilmsizdan yaxshidur gung ila kar.

     

    ***

    Meni surgun qilishlariga achinmayman, xalqni matbuotsiz

    ...
  • Jadid bobolar

    Til o‘rganing, dil bog‘lang, 

    Bir-biringiz ardoqlang! 

    Marralar sari chog‘lang, 

    Degan jadid bobolar. 

     

    Fikrda, ishda birlik, 

    Nur kerak, emas kirlik. 

    Xalqlar aro totuvlik, 

    Degan jadid bobolar. 

     

    El-yurt baxti, rivoji, 

    Bilim – ma’rifat

    ...
  • Xaloskor qiz

    Bahorning beg‘ubor havosida ko‘k uzra charx urib raqs tushayotgan qaldirg‘och nogahon qanotini kuchsiz silkitib yerga qulab tushdi. Bu mo‘ljalda adashmagan palaxmonli bezori bolaning ishi edi. Ammo u qush qulagan ko‘chada emas, boshqasida bo‘lgani tufayli qaldirg‘ochning qayerga tushganini sezmay qoldi.

    Ko‘cha boshida papka osib olgan qizaloq Umidaxon kelayotgan edi. Qaldirg‘ochga 2-3

    ...
  • Sovg‘a

    Singlim bilan sahardan

    Oshiqdik o‘ynamoqqa.

    Kechagina shahardan

    Kelgan edik qishloqqa.

    Buvim cho‘ntagimizga

    Hovuchlab soldi mayiz.

    Qo‘limizga pul berdi,

    Xursand bo‘lib chopdik biz.

    Shu on havas-la boqib,

    Chopardi shamol ham tez.

    Singlim birdan to‘xtadi,

    Qo‘lin ko‘rsatdi shu kez.

    — Aka, pulimni

    ...
  • Bobolarim

    Tomirimda To‘marisning qoni bordir,

    Ajdodlarim xotirasi o‘chmas, pokdir.

    Biz ularga gar munosib avlod bo‘lsak,

    Manguberdi, Boburlarning ruhi shoddir.

     

    Har on eslab, xotirlaymiz bobolarni,

    Qiyosi yo‘q, nomi buyuk siymolarni.

    Jisman yo‘qdir, ammo yodi mangu yashar,

    Necha-necha dong‘i ketgan

    ...
  • Ilhom

    Men ham bitgim kelar ikki misra she’r,

    Tilim toleyidan ko‘zlarim porlab.

    Buyuk ajdodlarim bunga nima der?

    Bugun biz turibmiz baxtlarga chorlab.

     

    Tilimning sehri-yu kamolin ko‘ring,

    Uning go‘zalligi, jamoli o‘zga.

    Davlat maqomida ijrosin ko‘ring,

    Nufuzi yarashar o‘zbekcha so‘zga.

     

    Mening tilim barcha

    ...
  • Onamdek suyuk

    Qiqir-qiqir kular boychechak,

    Jilg‘alar ham unga jo‘r bo‘lar.

    Novdalarda jilmayar kurtak,

    Dov-daraxtlar orzuga to‘lar.

     

    Qaldirg‘ochlar raqsga tushar,

    Maysa go‘yo chalar sibizg‘a.

    Goh-goh bulut poyandoz to‘shar,

    Tomchilardan yo‘llarimizga.

     

    Orolanar sochini tarab,

    Suvda aksin ko‘rib

    ...
  • Shilliqurt

    Yo‘lda ketar shilliqurt

    Uy qidirar, kezib yurt.

    O‘tdi bog‘-u rog‘lardan,

    Qir-adir-u tog‘lardan

    Bosib qancha-qancha yo‘l,

    Bir manzilga yetganda,

    Boshi toshga tekkanda,

    O‘ylab qoldi u darhol:

    “Bor-ku egnimda kosa –

    Zo‘r turar-joy, toshpana.

    Ham qulay, doim toza,

    Kimda bor bu boshpana?”

    Qidirishdan

    ...
  • Yulduzlar

    Qop-qorong‘u tunlarda

    Mitti yulduz porlaydi.

    Samo uzra uchishib,

    Dillarni xo‘p chog‘laydi.

     

    Go‘yo xarita kabi

    Yo‘l ko‘rsatar yulduzlar.

    Nogoh  adashib qolsak,

    Qo‘l cho‘zar sodiq do‘stlar.

     

    Nilufar ITOLMASOVA,

    Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani 22-maktab 6-sinf

  • Abdulla Oripov xotirasiga

    Samo ko‘zgusini yerga tutgan dam,

    Nazmiy gulistonda barq urdi ijod.

    Qo‘ng‘irtov bo‘yida surgancha xayol,

    Uni shoir qilib yaratdi hayot.

     

    So‘zni ko‘ngil bilan terdi qirlardan,

    Ko‘zlarin qadagan tog‘lar purviqor.

    Daryolar mavjiga mudom jo‘r bo‘ldi,

    “Vatanim manim” deb kuyladi ilk bor.

     

    So‘z ila qayradi

    ...
  • Koptok

    Yerdan ko‘kka sakraydi,

    Tinim bilmay o‘ynaydi.

    Rosa tepki yesa ham

    Charchash nima bilmaydi.

    Bolalardan kechmas hech,

    Tishga bosib tishini.

    Mahallani changitib,

    Eplaydi o‘z ishini.

     

    Muhammadsodiq QOSIMOV,

    Andijon viloyati Andijon tumani 10-maktab 8-sinf

  • Ilk sayohatim

    Bahorgi ta’til es­da qolarli bo‘ldi. Umrim­da birinchi marta samol­yotga chiq­dim. Biz – da­dam, bu­vim, ammam bilan Ger­maniyaga, ama­kim­ning oldilariga te­mir qa­not­larda uchib bordik.

    Amakim Germaniyaning Ham­burg shahrida katta firmaga ish boshqaruvchi bo‘libdilar. Ular­ga vaqtinchalik uch xonali  uy va mashina

    ...
  • Hojimurod – Vatan va oila o‘rtasidagi tanlov

    O‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov shunday degan edi: “Iste’dodli yozuvchi desam ko‘z o‘ngimga birinchi bo‘lib Lev Tolstoy keladi. Pushkin, Dostoyevskiylar ham buyuk. Lekin unga yetadigani yo‘q. Uning mehnatkash, haqiqatgo‘y bo‘lganiga, tamasiz yashaganiga havasim keladi. Boisi ko‘nglidagini baralla ayta olgan”. Tolstoy insonlarni qiynayotgan muammolarga javob topishga, o‘zini

    ...
  • Eng yaxshi muallim

    Men to‘rtinchi sinfda o‘qiyman. Sizlarga birinchi us­tozim Bibirobiya opa haqi­da yozgim keldi. Maktabga kelganimdanoq sinfdoshlarim qatori ustozimning har bir topshiriq va vazifalarini jon-jahdim bilan bajarishga kirishdim. Har gal ustozimdan maqtovlar eshitish menga  bir olam quvonch bag‘ishlar, o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqim yanada ortar edi. Afsuski...

     Ikkinchi

    ...
  • Qulog‘imda qolgan qo‘ng‘iroq

    Maktab... bu so‘zni eshitishim bilan yuragimni ajoyib, yo­qimli hislar qamrab oladi. Men Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumaniga qarashli 27-mak­tabning 11-sinfini tamomlayapman. Maktabga qadam qo‘yganimga ham hash-pash deguncha 11 yil bo‘libdi, vaqt juda tez o‘tib ketgandek.

    Maktabga ilk kelgan kunim, onamning “Endi sen ham katta qiz bo‘lib qolding, ustozlaringdan bilim olasan,

    ...
  • Mangu yonar sham

    Dunyoda hech bir ota-onaning 20-30 nafar farzandi bo‘lmaydi. Ammo bag‘rikeng ustozlarimiz bundan-da ziyoda bolalarga ta’lim-tarbiya berib, har birining hayotda o‘z o‘rnini topishini istaydilar. Ular tuganmas sabr egasi.

    Ustoz haqida gap ketganda birinchi o‘qituvchim – Dilshoda Rahmonovani xotirlayman va beix­ti­yor ko‘zlarimga yosh keladi.

    Qishlog‘imiz shahardan ancha

    ...
  • Kitob – hayot ko‘zgusi

    Yunusobod tumanidagi 274-maktabda tuman AKM bilan hamkorlikda “Kitob – hayot ko‘zgusi” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda “Gulxan” jurnali bosh muharriri o‘rinbosari Dilafro‘z Zayniyeva, “G‘uncha” jurnali mas’ul kotibi Dilfuza Kamoljonova, AKM mutaxassislari ishtirok etishdi. 4-a va 4-b sinf o‘quvchilari “Tong yulduzi” gazetasi, “Gulxan”, “G‘uncha” jurnallarida chop etilgan she’rlardan yod

    ...
  • Bahor tarovati

    Shayhontohur tumanidagi  320-mak­tab­da “Bahor tarovati” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. 

    Unda yosh havaskorlar Jannatoy Obidova “Kabutar” Ziyoda To‘laboyeva “O‘zbekiston qiziman” nomli qo‘shiqlari bilan ishtirok etish­di. Muhammad Ali Sobirjonov, Soliha Oqilova, Rustambek Ismoilov, Yusufbek Husniddinovlar yurtimiz tarixi va milliy

    ...
  • Mehmon

    Darvoza taqilladi. Davron joyidan bir qo‘z­g‘alib qo‘ydi. Hovli eta­gida mudrayotgan it ko‘chaga qarab hura boshladi. Davron itni tinchlantirdi. Darvoza ochilib oldin otasi, keyin yuzidan go‘yo nur yog‘ilib turganday oppoq soqolli qariya kirib keldi. Jim jit hovli birdan gurkirab, jonlanib ketganday bo‘ldi...

    Davron mehmonga peshvoz chiqib, salom berdi. Qariya qo‘l cho‘zdi.

    ...
  • Shunchaki dona surmayman

    Bolalikda shashka o‘y­­nab, shaxmat tosh­lariga qi­ziq­­qanlar bor. Dona surib, oila a’zolari bilan musobaqalashganlar ham topiladi. Ay­nan shunday muhitda ulg‘ayib, hozirda 10 yoshgacha qizlar o‘rtasida shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionatidagi g‘oliblar safidan joy olgan buxorolik Malika Norqulovaning nomi xalqimizga ancha tanilib qoldi. U

    ...
  • Taqdirni o‘zgartirgan yaxshilik

    Mashhur aktyor Charli Chaplin bir intervyusida shunday hikoya qiladi:

    – Yosh bola edim. Otam meni sirkka olib bordi. Bilet uchun uzun navbatda turdik. Bizdan oldinda ota-ona oltita bolasi bilan turardi.

    Ularning navbati keldi. Ota chiptaxona tuynugiga egilib, chipta narxini so‘radi. Chiptachi narxni aytgandi, bechora ota kalovlanib qoldi. Uning puli kamligi sezilib turar,

    ...
  • Bebosh timsohcha

    Timsohcha arz ayladi,

    Betoqat bo‘lib bir kun.

    Baqirgancha der: Oyi,

    Gaplarim tinglang bir zum.

     

    Qanotsiz tug‘ildim-ku,

    Nega men ucholmayman?

    Qushlarga o‘xshab men ham,

    Osmonni qucholmayman?

     

    Yurganimiz botqoqlik,

    Kezamiz nuqul loyda.

    Jonga tegdi bu yerlar,

    Yashamoqchiman

    ...
  • “Xotira aziz” krossvordi

    xotira_aziz_krossvordi.jpg

    Bo‘yiga: 1. Birinchi o‘zbek generali. 2. O‘zbekiston xalq ras­so­mi. 5. Qahramonlik, ja­so­­­­rat. 7.Sa­doqat, va’dani ba­­­­jarish. 8. Tarixnavis adib Mirkarim...

    ...
  • Salim Ashur

    Salim ASHUR 1964-yilda tu­g‘ilgan. 1982-yili Surxondaryo vilo­yati Qiziriq tumanidagi Zahi­ri­d­din Muhammad Bobur nomidagi 17-maktabni tugatgan. 1982-1989-yil­larda O‘zbekiston Milliy universiteti (ToshDU)ning jurnalistika fakul­te­tida tahsil olgan.

    Mehnat faoliyati davomida “Sao­dat” jurnali (1990-1994), “O‘zbe­kis­ton ovo­zi” va

    ...
  • O‘zbekiston muzeylari

    1977-yil Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro Muzeylar Kengashi (ICOM) Bosh Assambleyasida18-may – Xalqaro muzeylar kuni sifatida qabul qilingan. Oradan yarim asr vaqt o‘tib, shu kun munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda dunyoning 150 davlatidan 35 mingdan ortiq muzeylar ro‘yxati shakllantirildi.

    Biz esa sizni ona yurtimizdagi 100 dan

    ...
  • Favvoramisan favvora

    Ayting-chi, poytaxtimizdagi “Tashkent City”, “Magic City”dagi favvoralar raqsini tomosha qilganmisiz? Ko‘rgan bo‘lsangiz, hayratlanganingiz aniq. Biroq ushbu sahifamizda siz bilan jahonning eng mashhur yetti favvorasi tomon parvoz qilishni istadik. Bu tadorik 1-may — O‘zbekistonda favvoralar kuni munosabati bilan, albatta!Sayohatimizni bayram tuhfasi deya qabul qiling. Qani,

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.