- Rukn: Sheʼrlar
- 282 marta ko‘rilgan
Onamdek suyuk
Qiqir-qiqir kular boychechak,
Jilg‘alar ham unga jo‘r bo‘lar.
Novdalarda jilmayar kurtak,
Dov-daraxtlar orzuga to‘lar.
Qaldirg‘ochlar raqsga tushar,
Maysa go‘yo chalar sibizg‘a.
Goh-goh bulut poyandoz to‘shar,
Tomchilardan yo‘llarimizga.
Orolanar sochini tarab,
Suvda aksin ko‘rib majnuntol.
Qo‘llarimdan ba’zan yetaklab,
She’r yozishga undaydi xayol.
Nodira JO‘RAYEVA,
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti talabasi