- Rukn: Sheʼrlar
- 393 marta ko‘rilgan
Ilhom
Men ham bitgim kelar ikki misra she’r,
Tilim toleyidan ko‘zlarim porlab.
Buyuk ajdodlarim bunga nima der?
Bugun biz turibmiz baxtlarga chorlab.
Tilimning sehri-yu kamolin ko‘ring,
Uning go‘zalligi, jamoli o‘zga.
Davlat maqomida ijrosin ko‘ring,
Nufuzi yarashar o‘zbekcha so‘zga.
Mening tilim barcha tillardan afzal,
Har so‘zida bordir olamcha ma’no.
Shuning uchun unda bitaman g‘azal,
Ona tilim onamdek suyukdir tanho!
Muharram TURDALIYEVA,
Is’hoqxon Ibrat ijod maktabi, 9-sinf