- Rukn: Sheʼrlar
- 271 marta ko‘rilgan
Shilliqurt
Yo‘lda ketar shilliqurt
Uy qidirar, kezib yurt.
O‘tdi bog‘-u rog‘lardan,
Qir-adir-u tog‘lardan
Bosib qancha-qancha yo‘l,
Bir manzilga yetganda,
Boshi toshga tekkanda,
O‘ylab qoldi u darhol:
“Bor-ku egnimda kosa –
Zo‘r turar-joy, toshpana.
Ham qulay, doim toza,
Kimda bor bu boshpana?”
Qidirishdan to‘xtab u,
Aziz bildi “uy”ini.
Va mehrini berib u,
O‘tkazmoqda umrini.
Madina QOBILOVA,
Termiz davlat pedagogika
instituti talabasi