Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Kitob bilan yuksalamiz

Poytaxtning Uchtepa tu­ma­nidagi “Seul Eko” bog‘ida hududdagi hokimlik, Respublika Ma’naviyat va ma’­rifat markazi Uchtepa tu­man bo‘limi, tuman Ma­da­niyat bo‘limi hamda Mak­tabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda “Kitob bilan yuksa­lamiz” lo­yihasi asosida tanta­navor “Book FEST” festivali bo‘­lib o‘tdi. Yoshlar o‘r­tasida ki­tob­xon­lik­ni tar­g‘ib etish, ba­diiy ada­biyotga bo‘lgan qi­zi­­qi­shini oshirish, mu­tolaa ma­daniyatini sha­kllantirish, vatan­par­varlik hissini yuk­sal­tirish, ularning bo‘sh vaqt­larini maz­munli tash­­kil etish maqsadida ma­horat darslari, shoir va yo­zuvchilar bilan davra suhbatlari, kitob­xon­lik viktorinalari va ko‘rgazmalari, “Men sev­gan ertak” mav­zusida rasmlar tanlovi uyushtirildi. Ayniqsa, bo­lalarning sevimli yo­zuv­chisi Zamira Ibra­gimova bilan bir­ga o‘tgan davra suhbati o‘quvchilarda iliq taassurot qoldirdi. Yakunda ishtiyoqi, qiziqishi, mutolaaga bo‘lgan mehri baland o‘g‘il-qizlarga “Gulxan” jurnali taqdim etildi.

 

Azim AXTAMOV

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.