Taqdirni o‘zgartirgan yaxshilik
Mashhur aktyor Charli Chaplin bir intervyusida shunday hikoya qiladi:
– Yosh bola edim. Otam meni sirkka olib bordi. Bilet uchun uzun navbatda turdik. Bizdan oldinda ota-ona oltita bolasi bilan turardi.
Ularning navbati keldi. Ota chiptaxona tuynugiga egilib, chipta narxini so‘radi. Chiptachi narxni aytgandi, bechora ota kalovlanib qoldi. Uning puli kamligi sezilib turar, bolalar javdirab otasiga qarashardi.
Shu payt otam cho‘ntagidan 20 dollar chiqarib, yerga tashladi va haligi kishiga “Janob, pulingiz tushib qoldi”, – dedi.
U otamga qaradi, pulni olarkan, ko‘zlari jiqqa yosh edi. Titroq ovoz bilan “Rahmat”, degani hamon qulog‘im ostida jaranglab turadi.
Otam mening qo‘limdan tutib, odamlar orasidan olib chiqdi. Chunki uning ham o‘sha kishiga bergan 20 dollardan boshqa puli yo‘q edi...
Shu voqea sabab otamdan bir umr faxrlanadigan bo‘ldim. O‘sha kuni u men uchun ikki daqiqalik sahna qo‘yib bergandiki, bu mening hayotimni tubdan o‘zgartirib yubordi.