Salim Ashur
Salim ASHUR 1964-yilda tug‘ilgan. 1982-yili Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanidagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi 17-maktabni tugatgan. 1982-1989-yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti (ToshDU)ning jurnalistika fakultetida tahsil olgan.
Mehnat faoliyati davomida “Saodat” jurnali (1990-1994), “O‘zbekiston ovozi” va “Голос Узбекистана” gazetalari bosh muharririning birinchi o‘rinbosari (1990-1999), “Turkiston” va “Молодеж Узбекистана” gazetalari bosh muharriri (2000-2014), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi o‘rinbosari (2014-2019), “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi bosh muharriri (1919-2023) kabi lavozimlarda ishlagan. Hozirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida xizmat qiladi.
“Atirgul” (1994), “Siz ertaga kelasiz” (2000), “Atalgan kunlar” (2003), “Mashinalar karvoni” (bolalar uchun – 2010), “Muhabbat kitobi” (2012), “Katta oftob” (2013), “Titroq” (2013), “Qor va nur” (bolalar uchun – 2018), “Mangu el” (2022) kabi kitoblari nashr etilgan.
Jahon adabiyotidan U.Uitmen, J.P.Sart, O.Genri, A.Blok, I.Bunin, A.Kuprin, A.Fet, K.Paustovskiy, Oyar Vatsietis, Nizom Qosim, Xayal Rizo kabi shoir va adiblarning asarlaridan namunalar, shuningdek, Mahatma Gandining “Hind svaraji (istiqloli)” asarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Uyg‘onish davri italyan adabiyotining yorqin vakili Franchesko Petrarkaning “Qo‘shiqlar kitobi”ni o‘zbek tiliga o‘girgan, kitob 2018-yilda nashr etilgan.
1996-yildan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” faxriy unvoniga ega (2012).