Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Vatan

Ona Vatan baxti deb

Urar jajji yuragim.

Yashnayotgan bog‘larni

Asrash mening tilagim.

 

Mustaqil yurt meniki

Borliq olami bilan.

Xizmatiga yarayin

Qo‘lda qalamim bilan.

 

Buloqlar suvlaridan

Yashnaganday qir-adir.

Ekinzor dalalarni

Yashnatuvchi biz, axir.

 

Tabiat-chi – og‘amiz,

Poklikda tursin mudom.

Bobolarning udumi

Tuganmas mehr-u ilhom.

 

Vatan nomi bir umr

Bitilmagan she’r bo‘lsin.

Tinchligimiz saqlashda

Har bir yurak sher bo‘lsin.

 

Ona Vatan baxti deb

Urar jajji yuragim.

Yurtimizning ishiga

Hissa qo‘shish tilagim!..

 

Hamidulla MURODOV

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.