Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Tog‘da yashaydi bahor!

Uzoqlarga borma, qo‘y,

Kezaverma ko‘p shahar.

Atrofingga bir qara,

Tog‘da yashaydi bahor!

 

Qishin-yozin yashil to‘n

Archalarda yashar u.

Bunda chaman bog‘larning

Gullarida yashnar u.

 

Bu – na’matak, tanib qo‘y,

She’r bo‘lar gullagani.

Borliq kuylar, tabiat

Jim bo‘lar tinglagani.

 

Asriy chinor yaprog‘i

Xushnud chalar chirmanda.

Lolalari raqqosa,

O‘yin tushar chamanda.

 

Shamsiya tutib boshga

Oqargan qo‘ziqorin.

Osmon bobo yomg‘irdan

Sozlaydi kuyli torin.

 

Uzoqlarga borma, qo‘y

Kezaverma ko‘p shahar.

Bizning tog‘larda bilsang,

Yil bo‘yi yashar bahor!

 

 

Hamidulla MURODOV

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.