Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Sovg‘a

Singlim bilan sahardan

Oshiqdik o‘ynamoqqa.

Kechagina shahardan

Kelgan edik qishloqqa.

Buvim cho‘ntagimizga

Hovuchlab soldi mayiz.

Qo‘limizga pul berdi,

Xursand bo‘lib chopdik biz.

Shu on havas-la boqib,

Chopardi shamol ham tez.

Singlim birdan to‘xtadi,

Qo‘lin ko‘rsatdi shu kez.

— Aka, pulimni shamol

Uchirib ketdi, qarang.

Sizga sovg‘a olmoqni

Ko‘zlagan edim, attang!

Do‘konga kirib shu on,

Unga oldim qo‘g‘irchoq

Singlim quvondi rosa,

Baxt ulashdim bir quchoq!

 

Mushtariy HAYDAROVA,

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.