Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Favvoralar

Tandagi qon kabi jo‘shib,

Suv purkaydi favvoralar.

Dilga shodlik va zavq qo‘shib,

Shoshib oqar favvoralar.

 

Parvoz uchun zo‘r shaylangan,

Jilvalanib, xo‘p aylangan.

Bir tup oqqush galasiday

Qanot qoqar favvoralar.

 

Dil sevinchga liq-liq to‘lib,

Qalb junbushga rosa kelib,

Dilga  cheksiz zavq bag‘ishlab,

Kuy chaladi favvoralar.

 

O‘ynab oqar shoshgan zilol,

Shaffof buloq suvi misol.

Nazokatli qizlar kabi

Nozli boqar favvoralar.

 

Inson bahri-dilin ochib,

Turfa rangda jilo sochib,

Bag‘ishlab xo‘p rohat, huzur,

Qalbga yoqar favvoralar.

 

Favvoralar yurti asli,

Ona zamin O‘zbekiston!

Hamisha ko‘kka intilib,

Quloch yozsin favvoralar!

 

Eshniyoz BURHONOV,

Qashqadaryo viloyati

Chiroqchi tumanidagi

4-maktab o‘qituvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.