Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Kapalak

Kapalak, ho, kapalak,

Tong yoydi oq surp – palak.

Yotog‘ingdan chiqib kel,

Yuz ochar tonggi tilak.

 

Kapalak, ho, kapalak,

Bo‘laqol, shoshil andak.

Bahor ko‘ylagin kiyib,

O‘tloqda kutar chechak.

 

Kapalak, ho, kapalak,

Ko‘klam to‘shadi to‘shak.

Gulzor kutar bir yonda,

Bir yonda o‘t, xas-xashak.

 

Kapalak, ho, kapalak,

To‘r yoymoqda zarpechak.

Unga sira yondashma,

Qilar ovora, halak.

 

Kapalak, ho, kapalak,

Harir yopgan hur malak.

Kel, har yoqqa qo‘l yoyib,

Kutmoqda poliz, palak.

 

Kapalakjon, kapalak,

Bormi senda et, so‘ngak?

Shundog‘am chiroylisan,

Boshqa narsa ne kerak?

 

Salim ASHUR

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.