Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Bahor tarovati

Shayhontohur tumanidagi  320-mak­tab­da “Bahor tarovati” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Unda yosh havaskorlar Jannatoy Obidova “Kabutar” Ziyoda To‘laboyeva “O‘zbekiston qiziman” nomli qo‘shiqlari bilan ishtirok etish­di. Muhammad Ali Sobirjonov, Soliha Oqilova, Rustambek Ismoilov, Yusufbek Husniddinovlar yurtimiz tarixi va milliy qadriyatlarimiz aks etgan sahna asarlarini namoyish etdilar. Shuningdek, yuqori sinf o‘quvchilari tomonidan hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biri bo‘lgan smartfonga qaramlik va uning salbiy oqibatlari haqida sahna ko‘rinishi qo‘yildi. O‘quvchi qizlar “Bahor” hamda “Dutorchi qizlar” raqslarini mahorat bilan ijro etdilar.

Tadbir so‘ngida maktab rahbari Durdona Xolmurodova so‘zga chiqib, barcha fanlardan a’lo baholarga o‘qiydigan, jamoat ishlarida faol o‘quvchilarni esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.

 

Dilafro‘z ZAYNIYEVA

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.